
Jastin Getjiga "vyzov" tashlandi
"UFC 313" turnirida Jastin Getji va Den Xuker o‘zaro jang qilishi kerak edi. Biroq Xuker jarohat olgani bois, bu to‘qnashuv amalga oshmasligi deyarli aniq bo‘ldi. Shundan so‘ng Rafael Fiziev (12-3) Getji(25-5)ga "vyzov" tashladi.
"Kel, Jastin, yana bir bor jang qilamiz. Bu safar seni albatta, mag‘lub etaman" - dedi qozog‘istonlik aralash yakkakurashlar ustasi.
Ma’lumot uchun, Fiziev va Getji o‘rtasidagi birinchi bellashuvda amerikalik ochkolar evaziga g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar