Jasur Abduraimov Superliganing uch nafar eng yaxshi murabbiyini aytdi. Ularning orasida Xyuistraga joy topilmadi

  • 12 dekabr, 2021, 17:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Uzoq yillar “Paxtakor”da ishlagan va joriy mavsumda “Metallurg” klubida bosh murabbiylik qilib, iste’foga chiqqan Jasur Abduraimov Sports.uz muxbiriga bu yilgi Superliganing eng yaxshi uch nafar murabbiy va futbolchilarini aytdi.

Qizig‘i, o‘z vaqtida “Paxtakor”da birga ishlagan va klubni bu yil chempion qilgan Piter Xyuistrani eng yaxshilar qatoriga qo‘shmadi.

- Birinchi o‘rinda Ro‘ziqul Berdiev, ikkinchi Ulug‘bek Baqoev va uchinchi o‘ringa Mirjalol Qosimov. Buning sababiga kelsak, Ro‘ziqul O‘zbekiston Kubogini yutdi va jamoasini OFK Kubogi finaliga olib chiqdi. Chempionatda ham harakat qildi. Baqoev esa “So‘g‘diyona”ga 2-o‘rinni olib berdi. Demak, bu zo‘r natija. Qosimovga kelsak, u barqarorlikni saqlab qolgan holda o‘z jamoasi bilan ikkinchi marta 3-o‘rinni olyapti.

abduraimov2

Futbolchilarga kelsak, birinchi o‘ringa Dragan Cheranni qo‘yaman. U uch yildan beri to‘purar bo‘lyapti va yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. Ikkinchi o‘rinda “Nasaf” hujumchisi Husayn Norchaev. U ham yaxshi taassurot qoldirdi. Uchinchi pog‘onada “So‘g‘diyona” darvozaboni Milan Mitrovich. Uning yordami juda katta bo‘ldi. Ko‘p o‘yinlarda darvozasidan gol o‘tkazmadi. Cheran bilan Norchaevni nima uchun dastlabki o‘rinlarga qo‘ydim? Chunki gol urish aslida juda qiyin. Ular bu ishni uddalashdi, - dedi Abduraimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
13/12/2021 16:13
тугри