
Jasur Hasanov bugungi o‘yinda "So‘g‘diyona"ga yordam bera olmaydi
Bugun Andijonda O‘zbekiston Kubogi “E” guruhining 2-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. “Bobur Arena”da “Andijon” klubi o‘tgan yili Superligada 2-o‘rinni egallagan Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul qiladi.
Sports.uz ma’lumotiga ko‘ra, jizzaxliklar safida bitta yo‘qotish bor. Ya’ni, “So‘g‘diyona” jamoasi sardori hamda etakchisi Jasur Hasanov Andijonga kelmadi. Lekin bugungi o‘yinni qanday sabab bilan o‘tkazib yuborayotgani bizga qorong‘u.
Qizig‘i, ushbu futbolchi Kubok doirasida 1-turdagi “Aral Samali”ga qarshi o‘yinda ham “So‘g‘diyona”ga yordam bera olmagan.
Fikrlar