Jasur Mirzamuhammedov ONE Championship promoushenida debyut jangini o‘tkazdi

  • 3 iyun, 2022, 16:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Hozirgina ONE Championship promoushenida o‘z debyut jangini nishonlagan hamyurtimiz Jasur Mirzamuhammedov qiyin kechgan jangda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dira oldi. 

Tecno

Avstraliya vakili Dyuk Didier uslub jixatidan biroz noqulay raqib edi. Ya’ni, uning ustunlik jihati "parter"da bo‘lganligi sababli 2 raund u greplingdagi ustunligini namoyish qilishga harakat qiladi.Biroq, chiroyli tarzda himoyalanish bilan birga zarbalar ham yo‘llay olgan yurtdoshimiz 3 - raundda raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmadi va ko‘plab aniq zarbalari evaziga jangni o‘z foydasiga hal qildi. 

Shu tariqa og‘ir vaznli sportchimiz ochkolar hisobida g‘alabaga erishib, nufuzli promoushendagi debyutini muvaffaqiyatli boshladi. 

O‘zi o‘rnida biz sportchimizni va murabbiylarini ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!