
Jasur Yaxshiboev "Real"ga urgan goli, uzoq vaqt termaga chaqirilmagani va Chempionlar ligasi haqida gapirdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazmoqda.
Bugungi mashg‘ulotga etib kelgan Jasur Yaxshiboev va Ibrohimhalil Yo‘ldoshev singari legionerlarimiz jamoa safiga qo‘shildi. O‘FA matbuot xizmati "Sherif" klubida harakat qilayotgan futbolchimizning fikrlarini taqdim etdi:
"Yaxshi kayfiyatda mashg‘ulot o‘tkazmoqdamiz. "Real" Madridga urgan golimdan keyingi hissiyotlarni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Bu hamma o‘ynashni orzu qiladigan klub. Hammasi boshqacha bo‘ldi. Murabbiylar nazariga tushib, terma jamoaga qaytganimdan xursandman. Ishonchni qo‘ldan kelgancha oqlashga harakat qilaman.
Chempionlar ligasi umuman boshqa darajadagi turnir. Unga moslashish lozim. Belarus chempionatiga o‘tganimdan beri hujum chizig‘ida harakat qilyapman. Hozir bu men uchun qulay pozitsiya bo‘lib qolgan. Hozir shu erda o‘zimni ancha qulay his qilyapman".
Fikrlar