Jasurbek Yo‘ldoshev: Keyingi janglarimda hudo xohlasa, bundan ham yaxshiroq harakat qilib, g‘alaba qozonishga va’da beraman

  • 2 may, 2023, 21:38
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.

Tecno

-80 kg vazn toifasida Jasurbek Yo‘ldoshev jazoirlik Yunus Nemouchiga qarshi ringga ko‘tarildi. Kurashlarga boy bellashuvda hamyurtimiz 5:0 hisobida zafar quchdi.

Jangdan so‘ng Jasurbek Yo‘ldoshev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Bugun jahon chempionatidagi birinchi jangimni o‘tkazdim. Jazoirlik bokschi bilan bellashdim va g‘alaba qozondim. Meni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislar, ota-onam, murabbiylarimga kattakon rahmat. Keyingi janglarimda hudo xohlasa, bundan ham yaxshiroq harakat qilib, g‘alaba qozonishga va’da beraman, - dedi Jasurbek Yo‘ldoshev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!