Javohir Sidiqovga qaysi xorij davlatlaridan takliflar bo‘lgan edi?
“Qo‘qon-1912” jamoasida porlagan Javohir Sidiqov yangi mavsumni “Paxtakor” klubida boshlaganidan ko‘pchilikning xabari bo‘lsa kerak. Terma jamoamizning Osiyo Kubogidagi ishtirokidan so‘ng Sidiqovni chetga ketishi haqida ko‘p aytilgandi. Lekin hadeganda Javohir bilan bog‘liq yangi ma’lumotlar paydo bo‘lavermadi. Yakunda esa uning “Paxtakor” safiga qo‘shilganligi ma’lum bo‘ldi.
Biroq, futbolchining so‘zlariga ko‘ra unga bir qator xorij klublaridan ham takliflar bo‘lgan.
- Sizga aynan qaysi klublardan takliflar tushgandi?
- Menga aynan qaysi klublardan taklif bo‘lganligi haqida aniq bilmayman, lekin Yaponiya, Janubiy Koreya kabi chempionatlarning jamoalaridan takliflar bo‘lgandi.
Javohir Sidiqov bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>
Fikrlar