
Javohir Sindorov O‘zbekistonda tengsiz
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston oliy liga chempionati o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi va bir qator tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan chempionatda yurtimizning eng kuchli 13 shaxmatchisi g‘oliblik uchun o‘zaro dona surdi.
12 tur davom etgan chempionatda Marat Jumaev, Nodirbek Yaqubboev, Nodirbek Abdusattarov, Shamsiddin Vohidov, Abdumalik Abdusalimov, Saidakbar Saidaliev va Javohir Sindorov kabi shaxmatchilarimiz qolgan raqiblaridan o‘z tajribalari va o‘zgacha o‘yin uslublari bilan ajralib turdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan bahslarda 9 ochko to‘plagan Javohir Sindorov shohsupaning birinchi pog‘onasidan joy egalladi. Ikkinchi hamda uchinchi o‘rin bir xil 8 ochko to‘plagan N.Yoqubboev va N.Abdusattorovga nasib etdi.
Fikrlar
Xurmatli adminlar malumotlar,yangiliklar chiqmay qoldi oxirgi vaqtlarda Nasaf xaqida?