
JCh-2022. 37 yoshli Modrich rekord o‘rnatishda davom etadi
Xorvatiya terma jamoasi etakchisi Luka Modrich Jahon chempionati ilk turida Marokashga qarshi maydonga tushdi va bir nechta rekordlarni yangiladi.
37 yoshli yarim himoyachi bu natijasi bilan 3 ta o‘n yillikda JCh va Evroda o‘ynagan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.
U 2008, 2012, 2016 hamda 2021 yillarda Evropa chempionatida o‘ynagan. Shuningdek, 2006, 2014, 2018 va 2022 yillardagi mundiallarda ishtirok etgan. Ushbu musobaqalar davomida Luka umumiy hisobda 26 bor maydonga tushgan.
Ma’lumot uchun, agar jarohat yoki diskvalifikatsiya bilan bog‘liq muammo bo‘lmasa, Modrichning oldida kamida 2 ta bahs kutib turibdi.
Fikrlar