
JCh-2022. Argentina bosh murabbiyi: "Kattaroq hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishimiz kerak edi"
Jahon chempionati nimchorak final bosqichi doirasidagi Argentina - Avstraliya bahsidan (2:1) keyin "albiseleste" bosh murabbiyi Lionel Skaloni matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Qiyin o‘yin bo‘ldi, ular ko‘p pressing uyushtirdi va bu bizni birinchi bo‘limda juda bezovta qildi. Messining goli bellashuvning borishini o‘zgartirib yubordi va biz o‘z o‘yinimizni yaxshiladik.
Tanaffusda bir nechta narsani o‘zgartirdik va menimcha, jamoam bunday yakunga loyiq emasdi. Biz kattaroq hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishimiz kerak edi",-deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi Skaloni.
Endi argentinaliklar chorak finalda Niderlandiya bilan kuch sinashadi.
Fikrlar