JCh-2022. Dide Desham: "Mbappe jamoani xuddi lokomotivdek oldinga tortadi"

  • 27 noyabr, 2022, 16:23
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan Frantsiya - Daniya uchrashuvida mundialning amaldagi chempion 2:1 hisobida zafar quchdi.

Bellashuvdan so‘ng "uch ranglilar" bosh murabbiyi Dide Desham dubl qayd etgan shogirdi Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi: "U qat’iyatli va boshqalardan ajralib turadi. Kilian jamoamizning o‘ziga xos a’zosi hisoblanadi.

Etakchilar ikki turga bo‘linadi: jismonan va ruhan, u esa haqiqiy lider. Balki Mbappe maydonda unchalik ko‘p gapirmas, ammo jamoani xuddi lokomotivdek oldinga tortadi. U avvaldan bizga kerakligini his qilardi",-dedi mutaxassis.

Endi frantsiyaliklar 3-tur bahsini Tunisga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!