JCh-2022. Grizmann Qatar yashil maydonlarida "porlamoqda"
Qatar yashil maydonlari mezbonlik qilayotgan Jahon chempionati bellashuvlari o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bo‘ldi.
Jamoasi bilan yarim finalga chiqqan Antuan Grizmann bir nechta jihat bo‘yicha mundialning eng yaxshi futbolchisi bo‘lib turibdi. Gap shundaki, hujumkor yarim himoyachi turnir davomida boshqa o‘yinchilarga qaraganda ko‘proq imkoniyat yaratdi - 18 ta.
Bundan tashqari, 31 yoshli futbolchi JCh-2022da assistentlar ro‘yxatini ham boshqarib bormoqda. U 3 bor sheriklari goliga hammualliflik qilgan.
Antuanda o‘z natijalarini yanada yaxshilab olish imkoni bor. U Frantsiya terma jamoasi tarkibida yana ikkita o‘yinda maydonga tushishi mumkin.



Fikrlar