JCh-2022 saralashi. Urugvay Chilini mundial yo‘llanmasidan mahrum qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

JCh-2022 Janubiy Amerika mintaqasi saralash bosqichidan o‘rin olgan Chili - Urugvay uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bahsda ikki gol Luis Suares va Federiko Valverde hisobiga yozib qo‘yildi. Mezbonlarga gol urish nasib etmadi.

Shu tariqa, Urugvay ochkolari sonini 28 taga etkazib, jadvalda 3-o‘rinni band etdi.

Chili hisobida 19 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 7-pog‘onadan o‘rin egalladi. Mazkur natijadan so‘ng Chilida Jahon chempionatiga chiqish uchun imkon qolmadi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!