JCh-2022 saralashi. Yaponiya Saudiya Arabistonidan ustun keldi
JCh-2022 saralashining Osiyo mintaqasi 3-raund 8-turida Yaponiya terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Kun chiqar yurt vakillari" tarkibida Minamino va Ito raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Shunday qilib, yaponlar "B" guruhida ochkolari sonini 18 taga etkazib olgan holda, ikkinchi o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi. Mag‘lubiyatdan qat’i nazar, saudiyaliklar 19 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar