JCh-2022 saralashidagi turlarda o‘zgarish. O‘zbekiston MTJ qachon va kim bilan o‘ynaydi?

  • 22 fevral, 2021, 17:18
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK bugun rasmiy ravishda futbol federatsiyalarini 2022 yilgi jahon chempionati / Osiyo kubogi-2023 markazlashtirilgan saralash turnirlarini o‘tkazish uchun ariza berishga taklif qildi.

Tecno

8 martga qadar federatsiyalar o‘z guruhlarida qolgan o‘yinlarni o‘tkazishi mumkinmi yoki yo‘qmi, degan savolga javob berishlari kerak. Bunday holda, mezbon davlat delegatsiyalar uchun turar joy va ovqatlanish xarajatlarini o‘z zimmasiga olishi lozim. Buning evaziga u tijorat huquqlarini oladi, turnirda ishtirok etadigan mamlakatlarga translyatsiya huquqlari bundan mustasno.

OFK navbatdagi turlar tartibini o‘zgartirgani ham qiziq. Ettinchi turdan so‘ng to‘qqizinchi, keyin esa sakkizinchi o‘yinni o‘tkazish kerak bo‘ladi. "D" guruhida taqvim endi quyidagicha ko‘rinadi:

3 iyun
Falastin - Singapur
Saudiya Arabistoni - Yaman (agar o‘yin mart oyida bo‘lib o‘tmasa)

7 iyun
O‘zbekiston - Singapur
Saudiya Arabistoni - Falastin

11 iyun
Singapur - Saudiya Arabistoni
Yaman - O‘zbekiston (agar o‘yin mart oyida o‘tkazilmasa)

15 iyun
Falastin - Yaman
Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston

Agar O‘zbekiston milliy terma jamoasi baribir mart oyida Yaman bilan o‘ynasa, iyun oyida 8 kunlik oralig‘ida faqat ikkita o‘yin o‘tkazishi darkor. Ammo Saudiya Arabistoni terma jamoasi ushbu 8 kun ichida 3 ta o‘yinda maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!