
JCh-2022da Germaniya g‘olib bo‘lsa, futbolchilar qancha pul ishlab topadi?
Germaniya terma jamoasi futbolchilari JCh-2022 g‘olibligi uchun qancha mablag‘ ishlab topishi ma’lum. Bu haqda Germaniya futbol assotsiatsiyasi (DFB) xabar berdi.
Guruh bosqichidagi har bir g‘alaba uchun futbolchilar 50 ming evro, chorak final yo‘llanmasiga 100 ming evro, yarim final uchun esa 150 ming evro miqdorda pul oladi.
3-o‘rin qo‘lga kiritilgan taqdirda terma a’zolariga 200 ming evro, vitse-chempionlik uchun esa 250 ming evro miqdorda sovrin puli beriladi. Terma chempion bo‘lsa, futbolchilar 400 ming evrodan rag‘bat puliga ega bo‘ladi.
Hisob-kitobimizga ko‘ra, nemislar guruh bosqich o‘yinlarining barchasida g‘alaba qozonib, oxir-oqibat turnir g‘olibiga aylansa, har bir o‘yinchi 800 ming evro ishlab olishi mumkin.
Fikrlar