"JCh-2022"dagi omadsizlikdan "Evro-2024" finaliga qadar

  • 14 iyul, 2024, 08:25
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya so‘nggi marta bundan 12 yil oldin Evroni qo‘lga kiritgan. Shundan keyin "JCh-2014"da guruhda qolib ketgandi, "JCh-2018"da Rossiya, "JCh-2022" esa Marokashga mag‘lub bo‘lib turnirni tark etdi. Ammo ispanlar Evroda har doim yaxshi natija qayd etib keladi: "Evro-2016"dagi Del Boske shogirdlari nimchorak finalgacha, "Evro-2020"da esa Enrike boshchiligidagi jamoa yarim finalgacha etib keldi. Bugun esa ular ushbu sovrinni qo‘lga kiritishga harakat qiladi. 

Spain shows strong Euro 2024 viewership across group stage - Sportcal

Qatar maydonlarida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Ispaniya Germaniya, Yaponiya va Kosta-Rika bilan bir guruhdan joy oldi. Dastlabki turda "qizil furiya" Amerikadan kelgan futbolchilarga futboldan dars o‘tib qo‘ydi. 7:0 hisobi bilan g‘alaba qozongan jamoa barchani hayratga solib, o‘zini favoritlar safiga qo‘shib qo‘ydi, lekin...

Germaniya bilan bo‘lib o‘tgan ikkinchi turda ispanlar bir ochkoni qo‘lga kiritishdi. Nemislar birinchi turda mag‘lubiyatga uchragani uchun qiyin holatda qolib ketdi va so‘nggi turda ularga Ispaniyaning yordami kerak edi. Yakunda esa ispanlar Yaponiyaga taslim bo‘lishdi. Dastlab, Morata hisobni ochgan bo‘lsa, Doan va Tanakalar javob qaytarishdi. Bu Enrikening ayyorligi, deb ham taxmin qilinadi. Sababi, Ispaniya guruhdan ikkinchi o‘rin bilan chiqib, pley-off setkasida o‘ziga qulayroq yo‘lni tanlagan bo‘lishi mumkin. Agarda Ispaniya birinchi o‘rinni qo‘lga kiritganida Xorvatiya, undan keyin Braziliyaga qarshi maydonga tushishi va yarim finalda Argentina bilan kuch sinashishini kerak bo‘lardi. 

Stunning Spain join World Cup 100 club with 7-0 Costa Rica rout | Reuters

Marokashni tanlagan Ispaniya katta xatoga yo‘l qo‘ydi. O‘yin davomida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasi esa juda qiziq tarzda yakunlandi. Ispanlar tarkibidan 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirgan Sarabiya, Soler va Busketslar gol ura olishmadi. Ketma-ket 3 ta futbolchi penaltidan darvozani ishg‘ol qila olmagach, yakuniy zarbani Hakimi amalga oshirib, Enrikega Ramosdan salom yo‘lladi. 

Achraf Hakimi scores outrageous Panenka to win shoot-out at 2022 World Cup  for Morocco, drops 'waddle' celebration - TNT Sports

Jahon chempionatidan keyin rahbariyat Enrikeni o‘z lavozimidan ozod qilishga qaror qildi. Uning o‘rniga esa ko‘pchilikka tanish bo‘lmagan De la Fuente olib kelindi. 63 yoshli mutaxassis terma jamoani butunlay yangilab yuborgani yo‘q. Tarkibda yosh va qariya futbolchilar etarlicha. Hattoki Enrike davrida mahalliylashtirilgan Lyaport Saudiya chempionatida o‘ynayotgan bo‘lsa ham, Germaniyaga olib kelindi. Eng asosiysi, ispaniyalik murabbiy ichki muhitni ajoyib ko‘rinishga keltirdi. Del Boske davrida "Real" va "Barsa" futbolchilari bir-biri bilan hattoki gaplashmagan paytlari ham bo‘lishgan. Ammo ayni paytda unday emas. Buni biz birinchi turda gol urgan Karvaxal vaziyatida ham ko‘rishimiz mumkin. 

Spain 3-0 Croatia: La Roja rampant in Group B opener as Yamal makes history  | beIN SPORTS

Ispaniya bugun favorit sifatida ko‘rilmoqda, lekin shuncha tanqid qilingan Angliya finalgacha o‘z-o‘zidan etib kelgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!