JCh-2026 saralashi. Hakamlarimiz Indoneziya - Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi o‘yinni boshqaradilar

  • 18 noyabr, 2024, 23:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zFHM matbuot xizmati xabariga qaraganda, jahon chempionati saralash bosqichi doirasida hamyurtimiz Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlarimiz Indoneziya - Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvi uchun tayinlov oldilar.

Tecno

Rasmiylar:

Rustam Lutfullin (Bosh hakam)
Sanjar Shoyusupov (1-Yordamchi hakam)
Alisher Usmonov (2-Yordamchi hakam)
Asker Najafaliev (Zaxira hakami)
Firdavs Norsafarov (VAR hakami)
Abdurashid Xudoyberganov (AVAR hakami)
Yong Li Gi (Nazoratchi)
Taynam Jung (Komissar)

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs 19 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi. Vakillarimizga ushbu bellashuvda omad tilaymiz!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
18/11/2024 23:25
Коиллатса керак