
"JCh-2026" saralashi. O‘zbekiston terma jamoasining Eron va BAAga qarshi uchrashuvlariga hakamlar tayinlandi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida 2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida Eron va BAA terma jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazishidan xabaringiz bor.
O‘zbekiston – Eron uchrashuvini avstraliyalik Shon Evans boshqarib boradi, unga qanotlarda hamyurtlari Jorj Lakrindis va Ouen Goldrik yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Jon Elder, VARda esa Jorj King ishlaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston – BAA uchrashuvi xitoylik hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan. Bosh hakam – Ma Ning, unga qanotlarda Jou Fei va Jang Cheng yordam beradi. 4-rasmiy hakam Vang Di, VAR hakami esa Fu Ming.
Ma’lumot uchun, bellashuvlar 10 hamda 15 oktyabrda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar