
JCh. O‘zbekiston tarixda ilk bor umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi
12 kun davomida jahon boksi ishqibozlarining diqqat markazida bo‘lib kelgan musobaqa yakuniga etdi. Marat Qurbonov bosh murabbiyligidagi O‘zbekison terma jamoasi mazkur dunyo birinchiligida 8 vazn toifasida ishtirok etdi va jami 5 ta medal qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Mirazizbek Mirzahalilov (-57 kg) va Bahodir Jalolovlar oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsalar, 20 yoshli Dilshodbek Ro‘zmetov (-81 kg) o‘zining dastlabki ishtirokidayoq kumush medalga ega chiqdi. Shuningdek, Bobousmon Baturov (-69 kg) delegatsiyamiz hisobiga bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.
Shu tariqa, O‘zbekiston boks terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
Fikrlar
Минг рахмат сизга азамат БАХОДИРЛАР.
Биз сизлар билан ФАХРЛАНАМИЗ !!!