JCh saralashi. Muxlislar tartibsizligi sabab to‘xtatib turilgan o‘yinda Suriya Livanni mag‘lub etdi

  • 24 mart, 2022, 19:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh-2022 Osiyo mintaqasi saralash bosqichidan o‘rin olgan Livan - Suriya uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.

Suriyaliklar safida gollarga Alaa Al Dali, Mardik Mardikyan va Moxammad Al-Marmur mualliflik qildi. Mezbonlar bugun maydonni golsiz tark etadigan bo‘ldi. 

Shu tariqa, Suriya terma jamoasi ochkolari sonini 5 taga etkazib olib, jadvalning 5-o‘rnini band etib turibdi.

Livan hisobida 6 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 4-o‘rindan joy olgan.

Aytish lozim, o‘yinning 71-daqiqasida xakam bahsni to‘xtatib turishga qaror qildi. Bunga livanlik tomoshabinlarning maydonga plastik idishlar uloqtirgani sabab qilib ko‘rsatgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!