JCh saralashi. Norvegiya Italiya ustidan zafar quchib, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

  • 17 noyabr, 02:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan Italiya - Norvegiya terma jamoalar ishtirokidagi to‘qnashuv o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Jennaro Gattuzo boshchiligidagi Italiya terma jamoasi o‘z uyida Norvegiyaga yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi (4:1). Norvegiya esa bu ishonchli g‘alaba orqali Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqdi. 
 
Dastlab to‘qnashuvning 11-daqiqasida Espozito hisobni ochgan edi. 63-daqiqada Nusa hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Undan so‘ng esa "Manchester Siti" forvardi Erling Xoland 78 hamda 79-daqiqalarda gol urib, dublni rasmiylashtirdi. Shuningdek, 90+3-daqiqada Larsen oradagi farqni 3 taga etkazib qo‘yib, o‘yinga nuqta qo‘ydi.

Tecno

  • Europe - WC Qualification Europe
  • Guruh bosqichi

Italiya

  • Pio Esposito 11'
Tugadi
1 : 4

17.11.2025 00:45

Norvegiya

  • Antonio Nusa 63'
  • Erling Haaland 78'
  • Erling Haaland 79'
  • Jørgen Strand Larsen 90'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!