JChda g‘alaba qozongan futbolchilar qaysi chempionatlarda to‘p surmoqda?!

  • 27 fevral, 2021, 21:27
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JChda g‘alaba qozongan futbolchilar qaysi chempionatlarda to‘p surmoqda?!

SPORTS.uz mundialda g‘olib chiqqan amaldagi futbolchilarning qaerda ekanligi bilan qiziqdi.

2020 yilda bir nechta sobiq JCh g‘oliblari butsalarini mixga ilib yubordi. David Vilya, Iker Kasilyas, Daniele De Rossi, Andre Shyurle, Benedikt Xyovedes shular jumlasidan.

Yaqindagina 2014 yilda Germaniya bilan mundial g‘olibligini qo‘lga kiritgan Kevin Grosskroyts ham futbolni tark etdi. Bugungi kunga kelib, 52 ta JCh oltin medallari egalari Evropaning turli chempionatlarida to‘p surmoqda. Hozir ular haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz.

Germaniya chempionati : 14 futbolchi

korhokrtkhrot

Ular kim? Xavi Martines («Bavariya»; Ispaniya-2010), Manuel Noyer, Jerom Boateng, Tomas Myuller (barchasi — «Bavariya»; Germaniya-2014), Mattias Ginter va Kristof Kramer (ikkisi ham — «Borussiya M»; Germaniya-2014), Mats Xummels («Borussiya D»; Germaniya-2014), Shkodran Mustafi («Shalke»; Germaniya-2014), Sami Xedira («Gerta»; Germaniya-2014), Erik Durm («Ayntraxt F»; Germaniya-2014), Ron-Robert Tsiler («Kyoln»; Germaniya-2014), Lyuka Ernandes, Korentin Tolisso va Benjamen Pavar (barchasi— «Bavariya»; Frantsiya-2018).

Bundesliga qishki transfer oynasi chog‘ida bu ko‘rsatkich bobida etakchiga aylanib oldi. Bunga Shkodran Mustafi va Sami Xediraning Germaniya chempionatiga qaytib kelgani asosiy sabab.

«Bavariya» o‘z tarkibida 3 ta mundialda g‘alaba qozongan futbolchilarni jamlagan. Xavi Martines (2010, Ispaniya), Myuller, Noyer, Boateng (2014 Germaniya), Pavar, Ernandes, Tolisso (2018 Frantsiya).

E’tiborlisi shundaki, Bundesligada 7 klub tarkibida JChda g‘alaba qozongan futbolchilar bor. Bu ayni damda sayyoramizdagi eng yaxshi natija bo‘lib turibdi.

Ispaniya chempionati: 13 futbolchi

okrthorkthokrh

Ular kim? Serxio Ramos («Real»; Ispaniya-2010), Jerar Pike i Serxio Buskets (barchasi— «Barselona»; Ispaniya-2010), Raul Albiol («Vilyarreal»; Ispaniya-2010), Xesus Navas («Sevilya»; Ispaniya-2010), David Silva («Real Sosedad»; Ispaniya-2010), Toni Kroos («Real»; Germaniya-2014), Rafael Varan («Real»; Frantsiya-2018), Samuel Umtiti, Antuan Grizmann va Usman Dembele (barchasi — «Barselona»; Frantsiya-2018), Toma Lemar («Atletiko»; Frantsiya-2018), Nabil Fekir («Betis»; Frantsiya-2018).

Kataloniya super klubi mundialda g‘olib chiqqan futbolchilar soni bo‘yicha «Bavariya»dan keyingi o‘rinni egallab turibdi. Hozirda, «Barsa» safida Pike, Buskets, Grizmann, Umtiti va Dembele jahon kubogini boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘lgan.

Shuningdek, «Real» ham 3 ta mundial oltin medallariga ega chiqqan futbolchilar bilan maqtana oladi. «Qirollik klubi» safida 2010 yilda Janubiy Afrikada Ramos, 2014 yilda Braziliyada Toni Kroos, 2018 yilda Rossiyada Rafael Varan oltin medallarga ega chiqqan. Bunday komplekt faqat «Bavariya» va «Real Madrid» jamoasidagina mavjud.

Frantsiya chempionati: 8 futbolchi

ekhroerkhoekrh

Ular kim? Sesk Fabregas («Monako»; Ispaniya-2010), Yulian Draksler (PSJ; Germaniya-2014), Stiv Mandanda va Florian Toven (ikkis — «Marsel»; Frantsiya-2018), Presnel Kimpembe va  Kilian Mbappe (ikkisi— PSJ; Frantsiya-2018), Jibril Sidibe («Monako»; Frantsiya-2018), Stiven NʼZonzi («Renn»; Frantsiya-2018)

Frantsiya amaldagi jahon kubogi egasi bo‘lishiga qaramay, o‘z chempionatida atigi 8 ta futbolchini olib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Ular orasida «Renn», «Monako», «Marsel» singari o‘rtamiyona jamoalarning bor ekanligini tahsinga sazovor.

Angliya chempionati: 7  futbolchi

Ular kim? Xuan Mata («Manchester Yunayted»; Ispaniya-2010), Ugo Loris («Tottenxem»; Frantsiya-2018), Alfonso Areolya («Fulxem»; Frantsiya-2018), Benjamin Mendi («Manchester Siti»; Frantsiya-2018), Pol Pogba («Manchester Yunayted»; Frantsiya-2018), NʼGolo Kante va Olive Jiru (barchasi — «Chelsi»; Frantsiya-2018).

Aslida APL bu ko‘rsatgich bobida kuchli uchlikda edi, biroq qishda Mesut O‘zil va Shkodran Mustafining boshqa chempionatga yo‘l olishi reytingda pastlab ketishga turtki bo‘ldi.

Ro‘yxatdagi chempionlardan faqat Xuan Mata Ispaniyalik. Qolganlarning barchasi Frantsiya bilan Rossiya yashil maydonlarida g‘alaba qozongan.

Italiya chempionati: 4 futbolchi

tkrhokrokhrtkh

Ular kim?  Janluidji Buffon («Yuventus»; Italiya-2006), Pepe Reyna («Latsio»; Ispaniya-2010), Pedro («Roma»; Ispaniya-2010), Fernando Lorente («Udineze»; Ispaniya-2010).

2006 yildagi mundialda g‘alaba qozongan amaldagi yagona futbolchi sanaladi. Italiya terma jamoasi bilan birgalikda Germaniyada bo‘lib o‘tgan musobaqada g‘alaba qozongan.

Qolgan 3 futbolchi esa, Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan JChda zafar quchishgan. «A tseriya» ishtirokchilari orasida so‘nggi ikki mundialda g‘alaba qozongan birorta futbolchi yo‘q.

Turkiya Chempionati: 2 futbolchi

Ular kim? Mesut Ozil («Fenerbaxche»; Germaniya-2014), Lukas Podolski («Antalyaspor»; Germaniya-2014).

O‘zilning «Fenerbahche»ga ko‘chib o‘tishi, Turkiya chempionatining bu ro‘yxatda bir necha o‘ringa yuqoriga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. U bilan birgalikda 2014 yilda chempion bo‘lgan Podolski hozirda o‘rtamiyona turk klublaridan birida to‘p surmoqda.

Portugaliya Chempionati: 1 ta chempion

U kim? Adil Rami («Boavishta»; Frantsiya-2018).

Adil 2018 yildagi mundialdan so‘ng, deyarli birorta jamoada o‘z o‘rnini topa olmadi. Hatto Rossiyaning «Sochi» klubida ham asosiy tarkib a’zosiga aylana olmagach, Portugaliyaga yo‘l olishga qaror qildi. Hozir «Boavishta» safida kamdan-kam hollarda uni maydonda ko‘rishingiz mumkin.

Gollandiya chempionati: 1 futbolchi

U kim? Mario Gyottse (PSV; Germaniya-2014).

Germaniya terma jamoasining 2014 yildagi mundialda eng muhim golini kiritgan Mario hozirda Gollandiya chempionatida javlon urmoqda. Qahramonimiz PSV safida 13 ta o‘yinda ishtirok etdi. Hozircha uning hisobida 4 ta gol va 3 ta assist mavjud. Boshlanishi chakki emas.

jiergierjgijerg

Yaponiya Chempionati: 1 ta chempion

U kim? Andres Inesta («Vissel Kobe»; Ispaniya-2010).

Quvonarlisi shundaki, Osiyo klublaridan birida ham JCh g‘olibi to‘p surmoqda. Hozir Inesta tizzasidan olgan jarohatini tiklash bilan band. Gollandiyaga qarshi bahsda «oltin gol»ni urgan yarim himoyachi katta ehtimol bilan mavsum so‘nggida vataniga qaytib ketadi. Shunday ekan, kelasi mavsumda bu ro‘yxatda yapon klublari bo‘lmasligi mumkin.

AQSh chempionati: 1 futbolchi

U kim? Blez Matyuidi («Inter Mayami»; Frantsiya-2018).

«Yuventus» jamoasini erkin agent sifatida tark etgan frantsuz, hozir Devid Bekhemga tegishli klubda Gonsalo Iguain bilan birgalikda faoliyat olib bormoqda. U hozirgi paytda MLSdagi yagona JCh oltin medaliga ega futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!