
Jennaro Gattuzo "Milan"dan ketdi
Italiyaning "Milan" klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo jamoani tark etdi. Bu haqda xorij nashrlari xabar berdi.
- "Milan"ni tark etish oson emas. Ammo men bu qarorni qabul qilishim kerak. Men "Milan"da yaxshi va unitilmas damlarni o‘tkazdim, - dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, "Milan" Gattuzo qo‘l ostida bu mavsum Italiya chempionatida 5-o‘rinda yakunladi va EChL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.
Fikrlar