"Jenoa" avgustda olib kelgan bosh murabbiyini bo‘shatishi mumkin

  • 24 noyabr, 2020, 21:57
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" klubida bosh murabbiy o‘zgarishi mumkin.

Tecno

Italiyalik mashhur jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, genuyaliklarning A Seriya 9-turidan o‘rin olgan "Parma"ga qarshi uchrashuvi Rolando Maran uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu o‘yin 57 yoshli mutaxassisning kelajagini hal qilishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Maranning o‘rnini Roberto D’Aversa va Leonardo Semplichidan biri egallashi mumkin. Ayni paytda har ikki mutaxassis ishsiz hisoblanadi.

Italiyalik murabbiy "Jenoa" ustozi sifatida 9 ta o‘yin o‘tkazib, 2 tadan g‘alaba va durangga erishdi. Yana 5 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!