
"Jenoa" bosh murabbiyi O‘zbekiston MTJ safiga jo‘nab ketgan Eldor Shomurodovni kutmoqda
"Jenoa" klubi navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Tarkibda ayrim futbolchilar yo‘q. Jumladan, Eldor Shomurodov, Janluka Skamakka va boshqalar. Ushbu o‘yinchilar terma jamoalarga jalb etilgan. Shu bois klub bilan birga emas.
O‘zbekiston MTJ Iroqqa nega yutqazdi? Asosiy muammolarimiz nimalarda ko‘rinmoqda?
Genuyaliklar ustozi Davide Ballardini 3 aprel kuni bo‘ladigan bahsga qadar to‘liq tarkibda mashg‘ulot o‘tkazishni istayotganligi aniq. Sababi shu kuni "Jenoa" o‘zining asosiy ta’qibchisi "Fiorentana" bilan kuch sinashadi. Ayni payt ular orasidagi farq 2 ochkoni tashkil qiladi. Genuyaliklar 31 ochko bilan oldinda.
Mashg‘ulotlar jarayonida Ballardini soatiga qarab turgan rasm chop etildi. Bu huddi terma jamoalarga jo‘nab ketgan futbolchilarni kutayotgan murabbiyning holati ifodalangan bo‘lsa ajab emas.
Iroq terma jamoasi Toshkentda ilk bor shunday natijaga erishdi
O‘z navbatida, kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasining mart oyiga belgilangan ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi va endi Eldor Shomurodov klub safiga borib qo‘shiladi.
Fikrlar