"Jenoa" bosh murabbiyi "Spetsiya"ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

  • 24 dekabr, 2020, 06:30
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya chempionati 14-turida "Jenoa" mehmonda "Spetsiya" bilan bahs olib bordi va irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jamoa bosh murabbiyi Davide Ballardini o‘yindan keyingi matbuot anjumanida bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Menda sehrli tayoqcha yo‘q. Bugun "Jenoa" o‘zini jamoadek tutdi va chiroyli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Hujum tashkil qilishda va himoyalanishda bir qancha ishlarni amalga oshirishimiz kerak, chunki hujumdan himoyaga qaytishda biroz kech qolyapmiz.

Asosiy tarkibdagi yarim futbolchilarning yoshi 30 dan oshgan, biroq bu taxminiy qaror natijasi. Men ikki kungi mashg‘ulotlardan so‘ng, eng yaxshilarini saralab maydonga tushirdim.

Genuyaliklar bu vaqtgacha bir necha marotaba men bilan aloqaga chiqishdi va so‘nggi qo‘ng‘iroq vaqtida ularga rozilik berdim. Ma’lum bir vaqt davomida ishsiz qolganim uchun murabbiylik kursisiga qaytishni juda xohlayotgandim.

Jamoani takomillashtirish kerak. Men sifatli, shiddatli va to‘pni nazorat qiladigan futbol tarafdoriman", - deydi Ballardini.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Azamjon Axmedov
24/12/2020 15:38
Лидерлар билан ўйнларда Элдор туширилади...
Azamjon Axmedov
24/12/2020 15:38
Лидерлар билан ўйнларда Элдор туширилади...
Azamjon Axmedov
24/12/2020 15:38
Лидерлар билан ўйнларда Элдор туширилади...
Azamjon Axmedov
24/12/2020 15:38
Лидерлар билан ўйнларда Элдор туширилади...
&
Tiki taka
24/12/2020 09:08
Жамоани такомиллаштириш керак. Мен сифатли, тажовузкор ва тўпни назорат қиладиган футбол тарафдориман", - дейди Баллардини. Демак Элдорда хали имконият бор.
&
Liverpool fan
24/12/2020 09:08
Демак шомуродов машгулотларда узини курсатаомаган