"Jenoa" bosh murabbiyi "Yuventus"ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

  • 14 dekabr, 2020, 17:05
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Jenoa" ustozi Rolando Maran Italiya chempionati 11-turida "Yuventus"ga (1:3) qarshi o‘yin haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Yuventus" chempion jamoa, ular bizni ko‘proq yugurib, kuch sarflashga majbur qildi va yakunda charchoq o‘z so‘zini aytdi. Yigitlar qo‘lidan kelganicha harakat qildi, ularga yordam bera olishim mumkin edi.

Hozir biz qiyin davrni boshdan o‘tkazmoqdamiz. Oddiy vaziyatlarda to‘g‘ri qaror chiqarishga qiynalyapmiz. Masalan, kechagi o‘yinda qarshi hujumlardan foydalana olmadik.

Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz, ammo jamoaga bo‘lgan ishonch natijalar orqali keladi. Taqvim biz uchun qulay emas, oldinda chempionatda mag‘lub bo‘lmagan jamoa ("Milan") kutib turibdi. Agar xatolarimizdan to‘g‘ri xulosa chiqara olsak, unda vaziyatdan chiqa olamiz", - deydi Maran.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Полвонназир Бобожонов
14/12/2020 18:57
Уйин бошидан элдор ш тушган булса Бир нима айтса буларди 20 дакика жуда кам