“Jenoa” va Shomurodov muxlislari o‘qisin!

  • 2 fevral, 2021, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Davide Ballardini kelganidan keyin “Jenoa” jamoasi A Seriya musobaqa jadvalida yuqoriga  ko‘tarila boshladi. Bu mutaxassis qo‘l ostidagi chempionat o‘yinlarida to‘rt g‘alaba, ikki durang va bir mag‘lubiyat qayd etgan genuyalik futbolchilar oxirgi o‘rindan 14-pog‘onaga chiqib oldi va xavfli hududni tark etdi.

Muvaffaqiyatli o‘ynay boshlagan “Jenoa” sardori Domeniko Krishito jurnalistlarga intervyu berib, ilgari o‘zi o‘ynagan Rossiya chempionatidan A Seriyaga ko‘chib o‘tgan futbolchilar, xususan, Eldor Shomurodov haqida ham fikr bildirdi.

1575400337_domenico-criscito

E’tiboringizga ushbu intervyuni havola qilamiz.

- O‘tgan yilgi koronavirus kasalligi va jarohatlardan keyin o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

- Rahmat, hozir ancha yaxshi. Ko‘rib turganingizdek, hamon maydonda javlon uryapman. Eng muhimi, jamoamiz keyingi paytda barqaror ravishda ochko to‘playapti. Men “Jenoa” A Seriyada qolishiga ishonaman.

Eldor Shomurodov haqida nima deysiz?

- U ajoyib futbolchi. Boshida uyatchan yigit ko‘ringandi, lekin tez orada kurashuvchanligi bilan asosiy tarkibga kirishni udalladi. Shomurodov o‘z o‘yini va maydondan tashqaridagi xulq-atvori bilan meni hayratga soldi. Eldor juda kuchli va jamoa uchun o‘ta foydali o‘yinchi. Maydondagi kurashlarda o‘zini ayamaydi va katta hajmdagi ishlarni bajarmoqda. Bundan tashqari, italyanchada ham gaplasha boshladi. Bravo!

1610091662_shomurodov

- Yaqinda “Atalanta”ga qarshi o‘ynadinglar. Aleksey Miranchuk haqida nima deya olasiz?

- O‘yindan oldin biz u bilan salomlashdik. Miranchuk o‘z kuchini A Seriyada sinab ko‘rishga qaror qilgani yaxshi bo‘ldi. Aleksey iqtidorli futbolchi, men buni “Lokomotiv”dagi o‘yinlari orqali bilaman. Lekin “Atalanta”da raqobat o‘ta kuchli bo‘lgani uchun muntazam maydonga tushishi qiyin kechmoqda.

- “Fiorentina” yaqinda Aleksandr Kokorinni tarkibga qo‘shib oldi. Bu borada fikringiz qanday?

- Men Aleksandrni tabriklayman va unga chin dildan muvaffaqiyat tilayman. Menga uning o‘yini yoqadi va Florentsiyada o‘zini ko‘rsata olishiga tilakdoshman.

- Uning  sobiq jamoangiz “Zenit”dagi o‘yinlarini qanday baholaysiz?

- Kokorinni tajribali murabbiylar Fabio Kapello va Roberto Manchini bejizga maqtamagan. Bilishimcha, Aleksandr jamoadoshlari bilan ham yaxshi chiqishadigan futbolchi. Biroq , “Fiorentina”da unga oson bo‘lmaydi, chunki uning xorijda o‘ynash bo‘yicha tajribasi yo‘q. Kokorin o‘zini sinab ko‘rishni istadi. Unga omad!

large_120

- “Zenit”ning natijalarini kuzatib borasizmi?

- Albatta, “Zenit” Rossiyadagi sevimli klubim, Peterburg esa men yaxshi ko‘rgan shahar. Men Sergey Semak “Zenit” bilan qatorisiga uchinchi bor chempionlikni nishonlashiga ishonaman.

Shomurodovning shashti baland yoxud uni katta sinovlar kutmoqda!

Shomurodov “Yuventus”ga o‘tmasin!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
77 77
02/02/2021 09:20
Элдор жеонани фойдалик уйинчиси гарчи гул урмаса хам
&
Ашуров Бахтийор
07/06/2021 16:32
Тугри европада Хар бир харакат компиютерда тахлил килинади.Шомуродов прессинг ва химояда хам харакат киладиган унверьсал футболчи.