“Jenoa”ga “Spetsiya” hujumchisini olishni maslahat berishdi

  • 7 iyun, 2023, 18:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodovning sobiq jamoasi – “Jenoa” bir yillik tanaffusdan so‘ng yana A Seriyaga qaytdi.

Yozda genuyaliklar tarkibni kuchaytirib, yuqori divizionda o‘ynashga loyiq jamoa shakllantirishi talab etiladi.

“Jenoa”ning sobiq futbolchisi Juzeppe Skulli genuyaliklar “Spetsiya” hujumchisi Mbala Nzolani transfer qilishni taklif etdi.

- Jamoa darvozabonni, markaziy himoyachilarni va tajribali yarim himoyachilarni saqlab qolishi kerak. Bu yuqori ligaga chiqqanliklari uchun mukofot bo‘ladi. Biroq, jamoani qayta shakllantirish lozim.

Maydon markaziga yuqori saviyali ijrochilarni olib kelish kerak, yoshlar va tajribali o‘yinchilar harakatini uyg‘unlashtirish talab etiladi. Yoshi katta o‘yinchilar jamoaga ta’sir o‘tkazish uchun kerak.

Hujum chizig‘iga Nzolani olib kelish zarur. Bu yaxshi transfer bo‘ladi. Uning mavsum davomida uradigan 12-13 ta gol “Jenoa”ga katta yordam bo‘lardi, - dedi Juzeppe Skulli.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!