Jerar Pike: Messini faqat mashinalar to‘xtash joyidagina uchratishim mumkin

"Barselona" himoyachisi Jerar Pike futbolchilarning mashg‘ulotlar jarayoni uchun qabul qilingan maxsus talablarga qatiy qoida asosida rioya qilinayotgani haqida gapirib o‘tdi.

"Klub ichida jamoadoshlarimiz bilan ham uchrashishimiz amrimahol. Messi bilan boshqa-boshqa joyda mashg‘ulotlarda ishtirok etamiz. U bilan asosan telefonda suhbatlashamiz, uni faqat mashinalar to‘xtash joyidagina uchratishim mumkin", - deydi Pike.

Ispan klublari koronavirus pandemiyasi tarqalishi pasayganidan so‘ng umumiy guruh mashg‘ulotlarini boshlab yuborishdi.

Ispaniya chemipionati bahslari esa, keyingi oyning o‘rtalarida davom ettirilishi rejalashtirilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!