
Jervonta Devis va Lamont Rouch o‘rtasidagi jang natijasi o‘zgarishi mumkin!
Nyu-York shtat atletika komissiyasi o‘tgan dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan Jervonta Devis va Lamont Rouch o‘rtasidagi chempionlik jangi natijasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
“To‘qqizinchi raundda videotakror so‘ralganidan so‘ng, texnik muammo yuzaga keldi va komissiya belgilangan vaqtda buni tuzata olmadi. Natijada hakam qaror qabul qildi va kurash davom etdi. Endi esa tashkilot jangovar sport turlarining yaxlitligini saqlash va texnik muammolarning oldini olish uchun barcha promouterlar bilan ishlash tarafdori” — deyiladi komissiya bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, to‘qqizinchi raundda Devis tiz cho‘kib qoldi, biroq hakam bu holatni nokdaun deya hisoblamadi. Yakunda esa bahs durrang natija bilan o‘z nihoyasiga etdi.
Fikrlar