
Jeydon Sancho o‘ziga boshqa klub tanladi
“Manchester Yunayted” hujumkor futbolchisi Jeydon Sancho bosh murabbiy Erik ten Xag bilan kelishishni istamadi.
Klub rahbariyati ziddiyatga borgan tomonlarni kelishtirib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Biroq, 23 yoshli o‘yinchi buni istamadi.
Ayni paytda Jeydon Sancho o‘zi porlagan “Borussiya Dortmund”ga qaytishni rejalashtirmoqda. Angliyalik yarim himoyachi Bundesligada juda zo‘r o‘yin ko‘rsatganidan keyin qator grand klublar uni talashgan edi.
Sancho 2021 yili “Manchester Yunayted”ni tanladi. Biroq bu tanlov xato bo‘lib chiqdi. Shundan beri Sancho o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.
“Borussiya” ham sobiq etakchini ortga qaytarishga rozi. Dortmundliklar tez orada manchesterliklar bilan muzokara boshlaydi.
Fikrlar