Jeyk Polni tekinga urib qo‘yadigan jangchi topildi

  • 11.01.2022 13:43
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Genri Sexudo promoushen prezidenti Deyna Uaytdan Aleks Volkanovski bilan jang tashkillashtirib berishini so‘radi. 

"Ey, Deyna, Aleks bilan jang uchun menga pul to‘la, Jeyk Polni esa tekinga urib beraman. Bizga AQShdan UFC chempioni kerak! Men sen uchun eng yaxshi imkoniyatman. 

Deyna, bu jangni tashkillashtir. Hech qachon bu jangdan qaytmayman. Men meksikalikman va biz jangdan voz kechish mumkinligiga ishonmaymiz", - deya post qoldirdi Sexudo. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Volkanovski va Maks Xollouey o‘rtasidagi jang amerikalik sportchi jarohat olganligi uchun bekor qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!