Jeyms "Chelsi" sardori bo‘lgani haqida fikr bilrdirdi

  • 9 avgust, 2023, 21:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ris Jeyms "Chelsi"ning yangi sardori etib tayiinlandi.

Tecno

London klubi o‘z bayonotida Jeymsning bolaligidan "Chelsi"ga muxlislik qilgani va 6 yoshidan buyon klub tizimida ekanligi aytilgan.

“Men bu rol va mas’uliyatni o‘z zimmamga olganimdan juda mamnunman. Bilaman, bu katta mas’uliyat. Sababi, o‘tmishda bizda ajoyib sardorlar bo‘lgan, ammo men bundan juda xursandman.

Deyarli butun umrimni "Chelsi"da o‘tkazdim. Men bu erda 6 yoshimda o‘qishni boshladim va akademiyada o‘z yo‘limda ishladim. Ammo sardor bo‘lish men va oilam uchun ajoyib tuyg‘u”, - dedi Jeyms.

“Bu men va klub tomonidan qabul qilingan qaror. Ris bu mavsumda jamoa sardori bo‘lishidan juda xursandmiz”, - dedi bosh murabbiy Maurisio Pochettino.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!