Jinoyatchilarni o‘lim jazosiga hukm qilish o‘rniga, umrining oxirigacha Ian Garri ni tinglashga majbur qiling!
UFC jangchisi Darren Till irlandiyalik Ian Garrini qattiq tanqid qildi.
"Jinoyatchilarni o‘lim jazosiga hukm qilish o‘rniga, umrining oxirigacha Garrini tinglashga majbur qiling. O‘zlari elektr stulini so‘ray boshlashadi. Men yomon niyatli odam emasman, bu yigitga nisbatan nafratim yo‘q. Lekin har safar u og‘zini ochganida, aytgan gaplari bilan o‘z brendini, o‘z obro‘sini yo‘q qilayotgandek tuyuladi. Agar Ian biroz bo‘lsa ham menga o‘xshagan bo‘lganida, odamlar uni yaxshi ko‘rardi, chunki u, shubhasiz, zo‘r jangchi", — dedi Till "The Mac Life" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 15 avgust kuni Ian Garri yarim o‘rta vazn toifasidagi amaldagi UFC chempioni Islom Maxachevga qarshi jang o‘tkazadi.

Fikrlar