“Jirona”ga qarshi bahsda “Barselona” himoyachisi jarohat oldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” klubi himoyachisi Nelson Semedu kecha “Jirona”ga (6:1) qarshi bo‘lib o‘tgan Kataloniya derbisida jarohat oldi.

24 yoshli portugaliyalik futbolchi uchrashuvning 85-daqiqasida son qismidan jarohat oldi va o‘yinni yakunlay olmay maydonni tark etdi. Bu vaqtga kelib esa Ernesto Valverde barcha o‘zgarishlardan foydalanib bo‘lgan edi. Shu bois “Barselona” uchrashuvni 10 kishi bo‘lib yakunlashga majbur bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Semedu joriy mavsum La Ligada 16ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!