Jiru ketsa "Chelsi" kimni sotib oladi?

  • 06.12.2019 21:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi hamon TsSKA forvardi Fyodor Chalovning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Goal.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 21 yoshli rossiyalik hujumchini jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan Olive Jiru o‘rniga munosib nomzod sifatida qarashmoqda. Ta’kidlash kerakki frantsiyalik futbolchi London klubini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq tark etmoqchi. Shu bois Chalovning ham APLga yo‘l olishi yanvardayoq amalga oshishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Chalov joriy mavsum TsSKA safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning transfer narxi esa 16 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!