
Jiru mish-mishlarga nuqta qo‘ydi
Frantsiya terma jamoasi va “Chelsi”da muhim gollarni urayotgan Olive Jiruni qo‘lga kiritishga talabgor jamoalar soni ortib bormoqda. Bu londonliklar bosh murabbiyi Frenk Lempard yoshi o‘tib qolgan hujumchiga etarli o‘yin amaliyoti taqdim etmayotgani bilan bog‘liq.
Jiru kelasi yozda bo‘ladigan Evropa chempionatida qatnashishi uchun muntazam maydonga tushishi kerak. Chunki Frantsiya terma jamoasida uning o‘rniga nomzod hujumchilar ko‘p. Sh
Oliveni taklif qilayotgan jamoalar unga etarlicha o‘yin vaqti ajratilishini kafolatlayapti. Futbolchining o‘zi bu boradagi qarorini e’lon qildi.
- Men klub rahbarlariga mavsum boshida va’da qilganimdek, doim oxirigacha kurashishga tayyor ekanimni muntazam isbotlashimga to‘g‘ri keladi. Men ko‘proq o‘ynashni istashim tabiiy hol. “Sevilya”ga qarshi o‘yinda to‘rtta gol urganimdan keyin bosh murabbiy menga Angliya premer-ligasida ham ishonch bildirishini kutyapman.
Dide Desham bilan gaplashdim. Qishda muhim qaror qabul qilishim kerakligini aytdi. Men “Chelsi”da ko‘proq o‘ynashimga ishonyapman va shu erda qolaman, - dedi Jiru.
Fikrlar