Jiru MLSning 2 klubi bilan muzokaralar olib bormoqda

  • 16 oktabr, 2019, 15:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi forvardi Olive Jiru faoliyatini okean ortida davom ettirishi mumkin. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira aytib o‘tdi.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 33 yoshli frantsiyalik futbolchi bilan AQShning "Nyu-York Siti" va Kanadaning "Vankuver Uaytkeps" klublari muzokaralar olib borishmoqda.

Aytish kerakki, Jiruning o‘zi ham so‘nggi paytlarda asosan zaxirada qolib ketayotgani bois “aristokratlar” safidan ketish istagida.

Ma’lumot uchun, Jiru joriy mavsum “Chelsi” safida jami 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning ayni damdagi transfer narxi 12 mln evroga baholanmoqda. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi esa joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!