Jiru qanday qilib Frantsiya tarixiga kirmoqchi?
“Chelsi” klubi hujumchisi Olive Jiru faoliyatining qolgan qismida qanday rejalari borligini aytib o‘tdi.
“Frantsuz futboli tarixiga kirmoqchiman. Hozir menda terma jamoadagi o‘yinlarim soni 97 ta. Men ana shu natijani 100 taga etkazmoqchiman. Urgan gollarimga kelsak, ular menda 39 ta. Mishel Platinida esa 41 ta. Kelasi yil Frantsiya terma jamoasi safida chempion bo‘lmoqchiman”, - deydi 33 yoshli futbolchi.
UEFA “Evro-2020”ni koronavirus tufayli 2021 yilga qoldirgan edi.
Fikrlar