Jiru yana bir London klubiga o‘tishi mumkin

  • 22 oktabr, 2019, 15:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi forvardi Olive Jiru  yaqinlashib kelayotgan transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

Sky Sports nashrining yozishicha 33 yoshli frantsiyalik futbolchining xizmatlariga London shahrining boshqa bir jamoasi - "Kristal Pelas" jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Aytish kerakki, Jiru etarlik o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayotgani sabab “aristokratlar” safidan ketmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard Jiruga albatta o‘zini ko‘rsatishi uchun imkon berilishini va uning jamoada qolishi tarafdori ekanini aytib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Jiru joriy mavsum hozircha “Chelsi” safida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi. Uning hozirgi transfer narxi esa 12 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!