Jo Xartdan yuz o‘girishdi

 
"Liverpul" asli "Manchester Siti"ga tegishli bo‘lgan va ayni paytda Italiya chempionatida "Torino" sharafini ijara asosida himoya qilayotgan Angliya terma jamoasi darvozaboni Jo Xartni taklif etish fikridan qaytdi.
 
Liverpulliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa darvozabonlari Simon Minole va Loris Kariusning o‘yinidan qoniqmoqda va unga boshqa posbon kerak emasligini ma’lum qildi.
 
 
"Manchester Siti" va Jo Xart o‘rtasidagi shartnoma 2017 yilning yozida tugaydi. Hozir ham Xosep Gvardiola jamoasi o‘ziga kerak bo‘lmay qolgan posbon olayotgan maoshning katta qismini to‘lab kelmoqda. "Torino" ham Jo Xart bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. Biroq, italiyaliklar Xartning transfer huquqini kiritsa, uning maoshini to‘lay olmaydi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!