
Joan Laporta: "Biz rivojlanish yo‘lidamiz"
"Barselona klubi prezidenti Joan Laporta murabbiy Xans-Diter Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabi va jamoa hususida to‘xtalib o‘tdi. Ta’kidlash joiz, hozirda jamoa La Liga mavsumi startidagi to‘rtta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi va turnir jadvalida etakchilik qilmoqda.
"Biz akademiyamizni sport loyihasi asosi sifatida mustahkamlash ustida ishlayapmiz. Bularning barchasi bizga hissiy barqarorlikni ta’minlashimizda yordam bermoqda. Biz mahalliy chempionatda bunday darajadagi o‘yinlarni o‘tkazib omon qoldik va g‘alaba qozonyapmiz. Demak, iqtisodiy, ijtimoiy va sport jihatdan yaxshilandik.
Bizni beqarorlashtirishga urinayotganlar fikr qilishlari kerak. Prezident va direktorlar kengashi doim tanqid qilinadi va biz vaziyatni yaxshilash uchun buni normal qabul qilamiz. Lekin biz "Barselona"ni beqarorlashtirishga qaratilgan bayonotlarni keskin rad etamiz.
Biz har qachongidan ham kuchliroqmiz va klubimizni qayta qurishni tugatish arafasida turibmiz", - dedi Kataloniya jamoasi prezidenti.
Fikrlar