Joau Feliks sobiq jamoasiga qaytmoqda

  • 12.08.2024 17:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Joau Feliks "Chelsi"ga qaytishga rozi bo‘ldi. 

 Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, futbolchining agenti Jorje Mendes portugaliyalikning London klubiga o‘tish istagi borligini ma’lum qilgan. "Atletiko" portugaliyalikning ketishiga qarshilik qilmadi. Transfer 50 million evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, london jamoasi futbolchiga begona emas. Feliks 2022/23 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini "Chelsi"da ijara asosida o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!