Joau Felish Evropa ligasida xet-trik qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi
Avval xabar berganimizdek "Benfika" kecha Evropa ligasi chorak final dastlabki bahsida o‘z maydonida "Ayntraxt"ni 4:2 hisobida engdi.
Shu kuni mezbonlarning 19 yoshli vingeri Joau Felish o‘z hisobiga 3ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra u shu tariqa Evropa ligasida xet-trik qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Felish "Benfika"ning asosiy tarkibida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 36ta o‘yinda ishtirok etdi va 15ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Felishga "Bavariya", "Barselona", PSJ, "Real" va "Yuventus" kabi grand klublardan qiziqishlar paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ta’kidlash kerakki, uning shartnomasida 120 mln evro tovon puli belgilangan.

Fikrlar