
Joau Kanselu: Allegri – dunyoning eng zo‘r murabbiylaridan biri
Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Joau Kanselu jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Italiya chempionatiga o‘tishim faoliyatimda jiddiy o‘zgarishga sabab bo‘ldi. Chunki men bu erga asosan texnikaga tayaniladigan Ispaniyadan kelgandim. Italiyada esa hammasi taktikaga bog‘liq.
Allegri – dunyoning eng zo‘r murabbiylaridan biri va shu bilan birga ajoyib inson. Undan juda ko‘p narsani o‘rganish mumkin”, - deydi portugaliyalik futbolchi.
Fikrlar