
Jokovich: "Hamkasblarimning qilgan ishi meni xafa qildi"
Ayni damda dunyoning birinchi raqamli tennischisi - Novak Jokivich "Avstraliya Open" musobaqasida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz voqea haqida fikr bildirdi. Qahramonimiz 4 kun davomida hujjatlar bilan bog‘liq muammo sababli shaharga chiqa olmagan chog‘lari uni boshqa tennischilar qo‘llab-quvvatlamaganidan xafa ekanligini yashirib o‘tirmadi.
"Juda xafa bo‘ldim. Musobaqada ishtirok etish uchun tashrif buyurgan hamkasblarimni energiyasi va nigohini sezib turdim. Balki, ular vaziyatni media orqali e’lon qilingan xabarlardan kelib chiqib baholagandir. Menga hech kim fikr bildirish imkonini bermadi. Barchasi aslida qanday bo‘lganini tushuntirib bermoqchi edim. Ularning men haqimdagi fikri juda muhim. Sababi, ba’zan oila a’zolarimdan ko‘ra ko‘proq tennischilar bilan vaqt o‘tkazaman."
Eslatib o‘tamiz, Novak Jokovich "Avstraliya Open" musobaqasi tashrif buyurgan, ammo vaksinaga oid janjal sababli mamlakatdan chiqarib yuborilgan edi.
Fikrlar