
Jonni Uoker: "O‘rta vaznda Xamzat Chimaevni mag‘lub eta oladigan jangchi hozircha yo‘q"
Braziliyalik UFC jangchisi Jonni Uoker Xelen o‘rta vaznda amaldagi chempion Xamzat Chimaev haqida gapirdi.
"Chimaev Drikus dyu Plessiga qarshi jangda haqiqiy master-klass ko‘rsatdi. Uning kurashi boshqa darajada! Xamzat chempionlikka haqiqatdan ham munosib. O‘ylashimcha, o‘rta vaznda uni mag‘lub eta oladigan jangchi hozircha yo‘q. Balki yaqin oylar yoki yillarda shunday raqib paydo bo‘lar, biroq ayni damda uni ko‘rmayapman", - dedi Uoker "Helen Yee Sports" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Chimaev "UFC 319" turnirida dyu Plessini hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra engib, UFC kamarini qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar