Jonson: "U UFC shon-shuhrat zaliga kamarsiz kiradi"

  • 6 iyun, 2024, 15:06
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Mashhur amerikalik MMA faxriysi Demetrius Jonson engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Dastin Pore hech qachon kamarni to‘liq qo‘lga kiritmagan bo‘lsa-da, promoushenning shon-sharaf zalidan joy olishiga ishonch bildirdi.

Tecno

"Pore UFC shon-shuhrat zaliga kamarsiz kiradimi? Bu aniq, shubhasiz. U MMA tarixidagi eng katta yulduzlardan biri. Dastin chempionlardan ko‘ra ko‘proq maosh olgan va o‘z brendiga ega bo‘lgan jangchi”, dedi Jonson MMA Hour shousida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan dam olish kunlari, Dastin Pore(30-9-1) Islom Maxachev(26-1)ga beshinchi raundda mag‘lub bo‘lgandi va chempionlik uchun navbatdagi jangida mag‘lub bo‘ldi.

Shundan so‘ng Dastin faoliyatini ham yakunlashi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!